▪️Oʻzbekiston talabalar oʻrtasida matematika boʻyicha xalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi!

▪️Oʻzbekiston talabalar oʻrtasida matematika boʻyicha xalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi!

Oʻzbekistonda ikki yilda bir marotaba oliy oʻquv yurtlari talabalari oʻrtasida matematika boʻyicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov maʻlum qildi, deya xabar beradi UzDaily.

Olimpiada Islom hamkorligi tashkilotining fan va texnologiyalar qoʻmitasi, shuningdek, boshqa xalqaro tashkilotlar koʻmagida oʻtkaziladi.

▪️Ilk olimpiada Urganch shahrida joriy yil oktabrida boʻlib oʻtishi koʻzda tutilmoqda.

Oʻzbekiston jamoasining mazkur tadbirda munosib ishtirok etishi yuzasidan Fanlar akademiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligiga tegishli koʻrsatmalar berilgan.

Батафсил маълумот👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEZKo4JMblM-SwQv3Q

Telegram
Join group chat on Telegram
You are invited to a group chat on Telegram. Click to join: Join Group