Birinchi smenada o‘tgan test sinovlari yakunlandi.

Birinchi smenada o‘tgan test sinovlari yakunlandi. 1 400 nafarga yaqin abituriyent imtihonga kelmadi

Xabaringiz bor, 1-15-avgust kunlari mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

Bugun, 1-avgustdan respublikadagi barcha viloyatlar oliy ta’lim muassasalarida oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari boshlandi.

Ertalab soat 6:00 ga qadar barcha oliy ta’lim muassasalariga test materiallari tarqatildi. Test sinovlari barcha oliy ta’lim muassasalarida bir vaqtda 8:00 dan boshlandi va 11:00 da yakunlandi.

Test sinovlarida 15 ta oliy ta’lim muassasalarining 50 ta ta’lim yo‘nalishida 30 ming 690 nafar abituriyent ishtirok etdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, 1391 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov xabar qildi.

Test sinovlarini o‘tkazishga ta’lim muassasalaridan 1681 nafar binolar rahbarlari guruhlar kuzatuvchilari jalb etildi.

Ikkinchi smena soat 15.00da boshlanadi.

Shu kunning o‘zida test sinovlari natijalari Davlat feldyegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda Davlat test markaziga qaytariladi.