Abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqti va manzili haqida ma’lumot beruvchi tizim yanada qulaylashdi

Abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqti va manzili haqida ma’lumot beruvchi tizim yanada qulaylashdi

Davlat test markazi​ tomonidan abituriyentlarga yanada qulaylik yaratish hamda sarsongarchilikni oldini olish maqsadida abituriyent test sinovlarida ishitirok etish kuni vaqti haqida ma’lumotni olish mumkin bo‘lgan testday.dtm.uz tizimi ma’lumotlariga qo‘shimcha kiritdi.

Endilikda, abituriyent ​ test sinovlari bo‘lib o‘tadigan manzil, sana smena kun ma’lumotlardan tashqari qo‘shimcha ravishda qaysi binoda test topshirishini ham bilib olish imkoniyati bor.

Abituriyentlar test sinovlari bo‘lib o‘tadigan ba’zi joylarda bir manzilda bir nechta bino bo‘lganligini hisobga olib, abituriyentlarlar chalg‘imasliklari uchun aniq binoni raqami haqida ma’lumot olishlari mumkin.

Qayd etish joiz, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan test sinovlari binolarining xaritasi (foto) haqida ma’lumot bergan edik.

Kanalga ulanish
👇👇👇
@tuit_online
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8JBure7VPnrEg

Testday.Dtm.Uz
Kirish test sinovini topshirish vaqti
Pasport *