Abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo‘yilmaydi. Sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etuvchi holatlarda test materiallarisiz kuzatuv ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno.

Quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo‘ladi:

- test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;

- test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;

- test materiallarini binodan tashqariga chiqarsa, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa;

- test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganda test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;

- test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.


Kanalga ulanish
👇👇👇
@tuit_online
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8JBure7VPnrEg

Telegram
Join group chat on Telegram
You are invited to a group chat on Telegram. Click to join: Join Group